Avtomatik jadval
Sinflar, o'qituvchilar va o'quv reja asosida butun maktab jadvali bir necha soniyada tuziladi. Qiyin fanlar ertalabga, o'qituvchida ortiqcha "oyna" yo'q.
O'qituvchilar, sinflar, fanlar va smenalarni kiriting. DarsReja to'qnashuvsiz haftalik jadvalni o'zi tuzadi, kasal bo'lgan o'qituvchiga esa o'rinbosar topib beradi.
Yiliga bir marta tuziladigan jadvaldan tortib, har kuni bo'ladigan almashtirishlargacha.
Sinflar, o'qituvchilar va o'quv reja asosida butun maktab jadvali bir necha soniyada tuziladi. Qiyin fanlar ertalabga, o'qituvchida ortiqcha "oyna" yo'q.
O'qituvchi yoki sinf hech qachon bir vaqtda ikki joyda bo'lmaydi. Qo'lda o'zgartirsangiz, tizim darhol ogohlantiradi va yechim taklif qiladi.
O'qituvchi kelmasa, shu soatda bo'sh va shu fanni o'ta oladigan o'rinbosar bir bosishda topiladi.
Fanlar va haftalik soatlar vazirlik tasdiqlagan rejadan avtomatik olinadi. Siz faqat sinflar sonini va o'qituvchilarni kiritasiz. 1,5 va 0,5 soatli fanlar haftama-hafta navbat bilan qo'yiladi.
Dam olish kunlari, smenalar, bo'sh soatlar chegarasi, qiyin fanlarni ertalabga qo'yish.
Sinf yoki o'qituvchi jadvalini chop etishga tayyor PDF yoki Excel faylga saqlang.
O'quv ishlari bo'limi boshqaradi, direktor kuzatadi, o'qituvchi o'z jadvalini telefonida ko'radi.
Uch qadam. Birinchi jadvalni bir kunda tuzib olasiz.
Tayanch rejani tanlang va har bir sinfda nechta parallel borligini kiriting — fanlar va soatlar o'zi qo'yiladi. O'qituvchilarni Excel'dan nusxalab qo'yish mumkin.
Bitta tugma. Tizim barcha cheklovlarni hisobga olib, to'qnashuvsiz variantni topadi.
Jadvalni tahrirlang, PDF qilib chiqaring. Har kuni almashtirishlarni shu yerda boshqaring.
Bir tizim, uchta kabinet. Rolni tanlang va qanday ishlashini sinab ko'ring.
O'qituvchi kasal. O'rinbosarni tanlab ko'ring:
O'qituvchi telefonida o'z jadvalini va almashtirishlarni ko'radi:
Direktor yuklamani va qo'shimcha soatlarni kuzatadi:
Yillik obuna: jadval, almashtirishlar va hisobotlar butun o'quv yili davomida. Birinchi 30 kun bepul.
Javob topmasangiz, ariza qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilib tushuntiramiz. Birinchi 30 kun bepul.
Umumta'lim, ixtisoslashtirilgan va xususiy maktablar uchun. Bir yoki ikki smenali, 5 yoki 6 kunlik o'quv haftasi, o'zbek va rus sinflari bo'lgan maktablarda ishlaydi.
Yo'q. Vazirlik tasdiqlagan 2026–2027 o'quv yili tayanch o'quv rejasi (o'zbek va rus tilidagi maktablar uchun) saytga kiritilgan. Sinflar sonini kiritsangiz, har bir sinfning fanlari va haftalik soatlari o'zi qo'yiladi. Yangi o'quv yili rejasi chiqqach, u ham qo'shiladi.
Masalan, Geografiya 1,5 soat va Iqtisod 0,5 soat bo'lsa, bitta katak navbatma-navbat ishlatiladi: toq haftada Geografiya, juft haftada Iqtisod. O'qituvchi o'z kabinetida qaysi haftada nima o'tishini ko'radi.
Ma'lumotlar kiritilgach, 48 sinf va 90 o'qituvchidan iborat maktab uchun jadval taxminan 3 soniyada tuziladi.
O'qituvchi o'z kabinetidan “Kela olmayman” so'rovini yuboradi. O'quv ishlari bo'limi so'rovni ko'radi, tizim esa har bir darsga shu soatda bo'sh va mos o'rinbosarni taklif qiladi.
Har bir xodim o'z login va paroli bilan kiradi, ro'yxatdan o'tish SMS kod bilan tasdiqlanadi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi, har bir maktab faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.
Ha. Darsni sudrab boshqa katakka ko'chirish mumkin. To'qnashuv chiqsa, tizim qaysi o'qituvchi bilan to'qnashganini aytadi va tuzatish yo'lini taklif qiladi.
Ariza qoldiring — kabinetingizni ochib beramiz. Tayanch o'quv rejani tanlab, birinchi jadvalingizni bir necha daqiqada tuzasiz.
Bepul sinovni boshlash